30 Yanvar 2023 Yil 1211

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorining harakatidan norozilik bildirgan Usmanov Shoxjaxonning videomurojaati tarqaldi. Murojaatda Sh.Usmanov 2022 yilning dekabr oyida o‘zi ishtirokidagi YTH bo‘yicha tekshiruv bir tomonlama olib borilganligini va uning vajlari to‘liq tekshirilmasdan hujjatlar sudga yuborilganligini maʼlum qilgan

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

2022 yilning 27 dekabr kuni taxminan soat 22.30 larda Toshkent shahar Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 1988 yilda tug‘ilgan Sh.Usmanov boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli davlat raqami 01 898 TEA bo‘lgan avtoulov va 1987 yilda tug‘ilgan V.I. boshqaruvidagi “Spark” rusumli davlat raqami 01 B 543 YA bo‘lgan avtoulov o‘zaro to‘qnashgan. Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori serjant Sh.G‘ofurov tomonidan rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida “Sudga oid transport izshunoslik ekspertizasi” tayinlanib, uni o‘tkazish Toshkent shahar IIBB YHXB EKB bo‘limiga topshirilgan.

2023 yil 04 yanvardagi 9-sonli ekspertiza xulosasiga ko‘ra, haydovchi Sh.Usmanov boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli davlat raqami 01 898 TEA bo‘lgan avtoulovining oldi chap qismi, haydovchi V.I. boshqaruvidagi "Spark " rusumli davlat raqami 01 B 543 YA bo‘lgan avtoulovining orqa o‘ng qismiga tekkan.

Avtoulovlarni ko‘zdan kechirish va ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish jarayonida, Sh.Usmanov o‘z video murojaatida aytib o‘tgan “Nexia-3” rusumli avtoulovining old o‘ng qanot qismini “Spark” rusumli avtoulovi shikastlab uning yo‘liga chiqqanligi o‘z tasdig‘ini topmagan.

Fuqaro Sh.Usmanovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, YTH bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudiga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech