10 Yanvar 2023 Yil 828

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududidagi savdo rastasi qatoridagi soyabonlar qulab tushganligi aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 10 yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududidagi 3-4 ayvonlar yon tomoni va 5-6 ayvonlar orqa tomonida yo‘laklarda o‘rnatilgan soyabonlar (naves) qor qalin yog‘ganligi sababli, og‘irlikni ko‘tara olmay egilib tushgan. Shu hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida evakuatsiya qilindi. Ushbu savdo do‘konlari bozor maʼmuriyati bilan hamkorlikda vaqtinchalik yopildi. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hurmatli fuqarolar! Qor qalin yog‘ganligi sababli mustahkam bo‘lmagan to‘sinlar, soyabonlar va boshqa moslamalar ostida yurmasligingizni so‘raymiz.

 

Barcha yangiliklar

Text to speech