7 Yanvar 2023 Yil 1236

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro bir nafar shaxsni ko‘chada urayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
2022 yilning 16 oktyabr kuni taxminan soat 11.20 larda 1984 yilda tug‘ilgan M.Yu. va uning ukasi 1989 yilda tug‘ilgan M.Yu.lar Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birining oldida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzib 1996 yilda tug‘ilgan B.S.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech