2 Iyun 2023 Yil 1478

Rasmiy maʼlumot

Joriy yilning 23 may kuni taxminan soat 11.00 larda Chilonzor tumanida joylashgan maktablardan birining oldida 10-sinf o‘quvchilari: 2006 yilda tug‘ilgan A.X. va D.O‘. shu maktabning 9-sinf o‘quvchilari: 2007 yilda tug‘ilgan Sh.E. va I.T.lar bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashgan. Janjal natijadasida Sh.E. va I.T.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, Sh.E. va I.T.larga sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech