18 Iyul 2023 Yil 29671

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 18 iyulga o‘tar kechasi taxminan soat 00.40 larda Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududida joylashgan Zargarlik ko‘chasida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgan. Voqea joyiga yetib kelgan IIO xodimlari fuqarolarni tinchlantirib, huquqbuzar shaxslarni IIBga olib borgan. Janjal natijasida bir nafar fuqaro “peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” jarohati bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, so‘ng uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

O‘rganishlar jarayonida, shu kuni taxminan soat 00.30 larda ushbu hududda Neхia va Сobalt rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashganganligi sababli fuqarolar YTHni ko‘rish uchun to‘planganligi aniqlangan. To‘qnashuv natijasida hech kim jarohatlanmagan, to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech