27 Mart 2023 Yil 2253

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ko‘chada yashirilgan narsalarni qidirib yurganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur videotasvir Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 20 mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01.25 larda, 24 mart kuni taxminan soat 21.10 larda va 25 mart kuni taxminan soat 22.10 larda bir nechta fuqarolar Uchtepa tumani “Davlatobod” mahallasidagi xonadonlardan birining oldida narsalarni qidirib topgan. Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida 28 nafar fuqaroning shaxsi aniqlangan. Ular o‘z ko‘rsatmalarida shu hududda yashirilgan (“zakladka”) giyohvand moddalarni internet orqali berilgan lokatsiya yordamida qidirib topganligini maʼlum qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech