21 Iyun 2023 Yil 1681

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida 2 nafar haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 19 iyun kuni Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida, 1985 yilda tug‘ilgan “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi K.Z. hamda 2003 yilda tug‘ilgan “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi B.A. lar yo‘l talashish oqibatida o‘zaro janjallashganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.

 

Barcha yangiliklar

Text to speech