21 Iyun 2023 Yil 1182

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida haydovchi ayol va fuqaro o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 18 iyun kuni taxminan soat 16:30 larda Shayxontohur tumanidagi turar-joy komplekslaridan birining kirish joyida, 1978 yilda tug‘ilgan M.G. hamda shu kompleks nazoratchilari 1996 yilda tug‘ilgan X.O va S.A. lar o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech