18 Iyun 2023 Yil 943

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 1 iyundan 2 iyun kuniga o‘tar kechasi Mirobod tumani, Qo‘yliq 4 dahasi hududida, 2005 yilda tug‘ilgan B.Sh. hamda 2003 yilda tug‘ilgan J.T. va 2004 yilda tug‘ilgan M.T. lar og‘zaki tortishib qolganligi sababli o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga har qanday muammoni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilish mumkinligini, janjal-to‘polon bilan biror natijaga erishib bo‘lmasligini, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunda jazo choralari belgilanganligini tushuntirishingizni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech