4 Iyun 2023 Yil 1376

Rasmiy ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda MY-5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshaevni noma'lum shaxs haqorat qilgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quydagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 3 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining oldida 1993 yilda tug‘ilgan M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan N.Teshaev bilan og‘zaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech