14 Iyun 2023 Yil 1509

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot klinikasi xodimlari o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 14 iyun kuni taxminan soat 18.00 larda Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan klinika binosida, 1982 yilda tug‘ilgan K.A. va 1982 yilda tug‘ilgan U.X. o‘zaro ish faoliyati yuzasidan tortishib qolib, janjallashib ketishgan. Janjal natijasida fuqaro K.A. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech