3 May 2023 Yil 1376

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashayotganligini aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 1 may kuni taxminan soat 23.30 larda Chilonzor tumani, “Zarqo‘rg‘on” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oldida, opa-singillar 1992 yilda tug‘ilgan T.L. hamda 1995 yilda tug‘ilgan S.O., shu mahallada istiqomat qiluvchi ayol 1992 yilda tug‘ilgan U.O‘. bilan o‘zaro gap talashib, uni urib tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech