26 Mart 2023 Yil 493

Rasmiy ma'lumot

Joriy yilning 23 mart kuni taxminan soat 17.00 larda 1990 yilda tug‘ilgan T.X. Yangihayot tumanida o‘zining uyida o‘zaro kelib chiqqan tortishuv sababli turmush o‘rtog‘i 1995 yilda tug‘ilgan T.D.ni urib tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng 25 mart kuni T.X. farzandi 2016 yilda tug‘ilgan T.X.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi va 110-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi T.X. prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech