25 Fevral 2023 Yil 1075

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nafar shaxsning plakat ko‘tarib yurganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 6 fevral kuni taxminan soat 10.30 larda 1984 yilda tug‘ilgan t.t. Mirzo Ulug‘bek tumani Maxtumquli ko‘chasida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi binosi oldida namoyish o‘tkazgan.

Mazkur holat yuzasidan t.t.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (“Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech