Joriy yilning 13 aprel kuni taxminan soat 12.30 larda voyaga yetmagan, 2006 yilda tug‘ilgan H.S. va 2007 yilda tug‘ilgan D.U.lar Yangihayot tumani 8-hududdagi qurilishi tugallanmagan ob'ekt hududida jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, voyaga yetmagan 2009 yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.