31 Yanvar 2024 Yil 1091

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi: maqsad va vazifalari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi vakili filologiya fanlari doktori, professor Ibroxim Yuldashev maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, O‘zbekistonda yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, islom sivilizatsiyasi rivojida mamlakatimizning rolini oshirish, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish borasidagi ishlar milliy va xalqaro darajada faol davom ettirilayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Navbatdagi maʼruza “Raqamlashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali yechim” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi vakili Xikmatilla Fayzullayev yoritib berdi. U o‘z maʼruzasida, raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga joriy etish, jarayon shaffofligini oshirish va davlat xizmatlarini kontaktsiz ko‘rsatilishini taʼminlash orqali korrupsiya darajasining sezilarli pasayishiga olib kelayotganligini taʼkidladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Cho‘lpon” va “Mir Arab madrasasi” nomli videoroliklar hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech