Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Aziz yurtdoshlar!
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi barchangizni mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!
Mamalakatimizda barqaror tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish, uning oldini olish, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli vazifalarni amalga oshirishda, Sizning ham o‘rningiz kattadir! Poytaxtimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan aziz hamshaharlar, ushbu ulug‘ ayyom kunlarida barchangizni samimiy qutlab, sizga tinchlik va xotirjamlik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaymiz.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yana-da mustahkam va barqaror bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i