31 Yanvar 2023 Yil 1911

Navbatdagi maʼrifat darsidada Qarorning mazmun-mohiyati yetkazildi

Toshkent shahar IIBB da o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida Prezidentimizning “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini tushuntirishga bag‘ishlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi Shuxrat Juraqulov o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Maʼruzachi qarorda ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish ustuvor vazifa etib belgilanganini taʼkidladi. Har bir xodim qaror bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi qoida va talablarini bilishi, ularga qatʼiy va so‘zsiz amal qilishi majburligi uqtirildi.

Agar har bir huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qabul qilingan Kodeks normalariga amal qilsa, yaqin kelajakda qonun himoyachilari va aholi o‘rtasida ishonchli va iliq munosabatlar shakllanadi, bu esa o‘z navbatida jamiyatdagi muhitga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi va mamlakatda jinoyatchilikka barham berishga yordam beradi.

Barcha yangiliklar

Text to speech