“Poytaxt yoshlari giyohvandlikka qarshi” shiori ostida dolzarb 30 kunlik tezkor-profilaktik tadbirlari boshlandi
Hozirgi vaqtda ko‘p uchrayotgan jinoyat turlaridan biri giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq bo‘lib, poytaxt hududida joriy yilning 4 oyi davomida bu yo‘nalishda 817 ta jinoyat aniqlangan. Ulardan 487 tasi yoki 59,6 foizi internet tarmog‘i bilan bog‘liq holda sodir etilgan.
2023 yilni mamlaktimizda “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim” yili deb e'lon qilinishi, yoshlarimizni ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun yaratilayotgan sharoitlarga qaramasdan, ayrim yoshlar giyohvandlik yo‘liga kirib ketilayotganligi qattiq tashvishlantirmoqda.
Ayniqsa, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining savdosi ko‘payganligi, ularning ta'siridagi shaxslar boshqa jinoyatlarga qo‘l urayotganligi bu mavzuga jiddiy yondashishni talab qiladi.
Yoshlarni bu yo‘ldan qaytarish, giyohvandlik savdosiga qarshi keskin kurashish, bu turdagi jinoyatlarni oldini olish, jinoyatlarni sodir etish va giyohvandlik yo‘liga kirishga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqadida, 10 may kunidan 10 iyun kuniga qadar Toshkent shahar IIBB tomonidan “Poytaxt yoshlari giyohvandlikka qarshi” shiori ostida dolzarb 30 kunlik keng qamrovli profilaktik tezkor-tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida tuzilgan maxsus ishchi guruh faoliyati 24 soat davomida amalga oshiriladi.
Hurmatli OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik faollari, Sizlardan “Poytaxt yoshlari giyoxvandlikka qarshi dolzarb 30 kunlik” profilaktik-tezkor tadbirida faol ishtirok etishingizni, giyohvandlik va psixotrop moddalar savdosiga qarshi murosasiz kurashishda o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar, ularning reklamasini tarqatayotgan shaxslar haqida biror ma'lumotga ega bo‘lsangiz, darhol 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 yoki 102 raqamiga yoxud profilaktika inspektori yoki yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni so‘raymiz.