11 Avgust 2023 Yil 898

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish holatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

Har qanday giyohvand modda inson tanasini yo‘q qiladigan eng kuchli zahar hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishini tashkil etuvchi jinoyatlarga, jumladan, ularni qonunga xilof ravishda tayyorlash, sotib olish, saqlash, shuningdek, taqiqlangan ekinlarni yetishtirishga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish hamda ularni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy yilning 7 oyi davomida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan bog‘liq 1 454 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shundan: 259 tasi kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, 282 tasi giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish, 668 tasi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar sodir etish.

Ashyoviy dalil tariqasida jami 94,282 kg giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ashyoviy dalil tariqasida olingan. Shundan: 52,5 kg gashish, 3,4 kg opiy, 2,5 kg marixuana, 0,287 kg geroin, 10,9 kg sintetik giyohvandlik moddalar va 24,6 kg kuchli ta'sir qiluvchi moddalar.

Bu kabi tadbirlar poytaxtimiz hududi bo‘ylab davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech