6 Fevral 2024 Yil 1319

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish — muhim vazifa” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti matbuot xizmati boshlig‘i professor Rahimboy Jumaniyozov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini taʼminlash, til to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va uning taʼsir kuchi barchaga taalluqli bo‘lishiga erishish bizning asosiy vazifamiz ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech