30 May 2023 Yil 471

O‘tkazilayotgan maxsus profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarini tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish holatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 28 may kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanida o‘tkazilgan maxsus profilaktika tadbiri davomida tuman IIO FMB huzuridagi PPX 1-otryadi xodimlari, safdorlar D.Toxirov va J.Tursunqulovlar o‘zini shubhali tutgan shaxsni payqashadi. Ichki ishlar xodimlarini ko‘rgan erkak yashirinishga harakat qiladi. Ko‘rilgan choralar tufayli erkak qo‘lga olinib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish natijasida Artur X.ismli shaxsning sport shimining cho‘ntagidan 12 dona yelim qutilarga qadoqlangan, sotish uchun tayyorlangan giyohvandlik moddalari topilib, olib qo‘yildi hamda gumonlanuvchi eng yaqin Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech