15 Mart 2023 Yil 707

Ombordan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Sergeli tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning mart oyida, nomaʼlum shaxs oziq-ovqat do‘konining omboriga kirib, 80.000.000 so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 33 yoshli Dovlet U. aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech