12 Iyun 2023 Yil 645

O‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

Bektemir tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 6 iyun kuni 24 yoshli Nozima D. 33 yoshli Mansur J. xonadoniga darvoza qulfini buzib kirgan. Shundan so‘ng unga tegishli bo‘lgan sandiqdan 750 AQSH dollari va 27.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumondor shaxs aniqlanib ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech