Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi vakili Shoxida Kasimova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, odam savdosiga qarshi kurashish faqat davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarining vazifasi emas, balki barchamizning umumiy burchimiz ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.