28 Fevral 2023 Yil 1198

Nizoli xonadon yuzasidan sud ajrimi mavjud

Ijtimoiy tarmoqlarda, Yashnobod tumani Aviasozlar-3 dahasidagi nizoli xonadon yuzasidan tayyorlangan videomaterial yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Yashnobod tumani IIO FMB ga X.A. ariza bilan murojaat qilib, 2006 yilda akasi G‘.X.ning nomidagi xonadonni sotib olganligini, lekin o‘zining nomiga rasmiylashtirmaganligini, akasi vafotidan so‘ng xonadon qizi U.X.ga meros asosida o‘tganligini, lekin U.X. xonadonni X.A.ning nomiga rasmiylashtirib bermayotganligini maʼlum qilgan. Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida, nizoli xonadon yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi mavjudligi aniqlangan. U.X.ning qilmishida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan harakatdan tugatilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech