Sizlarni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan yangilanish bayrami – Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman.
Xalqimiz Navro‘zni mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi sifatida ming yillardan beri nishonlab kelmoqda. Ushbu bayramning yangilanish, yasharish va go‘zallik timsoli bo‘lgan bahor faslida nishonlanishi ham bejiz emas. Bu kunda ko‘zlar quvonchga, qalblar umidga to‘ladi, yangi-yangi marralarni zabt etish ishtiyoqi oshadi. Yurtimizdagi bayram shukuhi har bir xonadonga kirib boradi.