19 Iyul 2023 Yil 1611

Navbatdagi o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularni har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, muammolarini o‘rganish va hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida aniq ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlash lozim.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi negizida profilaktik ro‘yxatda turgan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun navbatdagi o‘quv kurslari uchinchi bor o‘tkazildi. Bir oy davomida yoshlar mehnat bozorida xaridorgir bo‘lgan mutaxassisliklarni o‘zlashtirdi. O‘smirlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida sport musobaqalari va tanlovlar, toqqa sayr qilish, poytaxtning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar uyushtirildi. Shu bilan birga, o‘quv kurslari davomida o‘smirlar bilan bir qatorda ularning ota-onalari bilan ham psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borildi, bir nechta ota-onalar ish bilan ta'minlandi.

O‘quv oyligi yakunida ishtirokchilar uchun bayram tashkil etilib, unda bosh boshqarma rahbariyati va mas'ul xodimlari, shahar prokurori, Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. O‘quv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar va sport anjomlari topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech