28 Fevral 2023 Yil 1561

Muqobil energiyadan foydalanish afzalliklari

Energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, qayta tiklanuvchan energiya manbaalaridan foydalanish ko‘lamini yana-da kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu bois nafaqat sanoat tarmoqlari, balki barcha ijtimoiy soha obyektlari va aholi orasida “yashil iqtisodiyot” tizimini joriy etish, muqobil energiyadan foydalanish afzalliklari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda joylarda ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligidagi ishchi guruh Chilonzor va Uchtepa tumanlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ushbu tumanlardagi kichik va yoshlar sanoat zonalarida energiya resurslarini tejovchi quyosh elektr panellari va tejamkor gaz qozonlarini bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha ishlar jadallashtirildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan tadbirkorlarga “yashil” energiyaning iqtisodiy afzalliklari hamda muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish uchun ajratiladigan kreditlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech