Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlarining manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlari to‘g‘risida
Poytaxtimizda sovuq harorat tufayli Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan kam ta'minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan fuqarolarga yordam va ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar yanada kuchaytirildi.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB mas'ul xodimlari mahalla faollari va oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, yolg‘iz keksalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarning muammolarini o‘rgandi. O‘rganishlar davomida «Chimyon», «Traktorsozlar», «Gulsanam», «Sultoniya», “Yangi Avayxon” mahallalarida yashovchi yakka yolg‘iz keksalarga elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi va ehtiyot choralariga rioya qilishlari haqida ogohlantirildi. Malakali tibbiy yordamga muhtoj keksalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, homiylar ko‘magida bir qancha pensionerlarga zarur dori-darmonlar olib berildi.
Bu boradagi ishlar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.