Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi
Mamlakatimizda yoshlarning sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishishi uchun keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Mirzo-Ulug‘bek tumani 3-sektor rahbari tashabbusi bilan nogironligi mavjud, migratsiyadan qaytgan va profilaktik hisobda turuvchi 48 nafardan oshiq yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olganlar bugungi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli sa'y-harakatlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek uchrashuv dovomida yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan hamda kelgusidagi rejalar haqida fikr almashildi.
Bu kabi tadbirlar boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.