Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Mirzo Ulug‘bek – buyuk olim va davlat arbobi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti vakili tarix fanlari doktori, professor Fayzullo Ernazarov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, Mirzo Ulug‘bek - buyuk ajdodlarimiz orasida astronom-olim, matematik, tarixchi, musiqa hamda fors va arab sheʼriyati bilimdoni, jahon ilm-fani rivoji va umuminsoniy taraqqiyotga katta hissa qo‘shgan davlat arbobi ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi hamda Munavvarqori Abdurashidxonovning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi.