Mirobod tumanida profilaktika kuni doirasida qator tadbirlar o‘tkazildi
Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan haftaning har payshanba kuni joylarda profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bu jarayonda tuman IIO FMB va hududiy IIBlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari hamda jamoatchilik jalb etilib, joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, oila-turmush doirasidagi muammolarni erta aniqlash hamda oldini olish masalalariga alohida e'tibor qaratilyapti.
Xususan, Mirobod Tuman IIO FMB Profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 39 ta mahallalarda mahalla faollari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, olib borilayotgan manzilli profilaktik tadbirlar davomida ayollar va xotin-qizlar ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularni bandligini ta'minlash, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borildi.
Tuman 3-sektori hududidagi aholi yashash xonadonlarida o‘rganish ishlari davomida mahallalardagi beshlik tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi fuqarolarning muammolarini o‘rganib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbirlarni amalga oshirib, mahallalarda «xonadonbay» va «fuqarobay» ish tizimi asosida har bir fuqaro bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi.