18 Iyun 2023 Yil 678

Mirobod tumanida kuchli taʼsir etuvchi moddalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Mirobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida «Matiz» rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Xolislar ishtirokida tekshiruv natijasida 25 yoshli Abdulloh I.ning avtomashinasidan 100 dona «Regapen» ва 42 dona «Tropikamid» dori vositalari bo‘lgan sumka topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251 prim. 1-moddasi (“Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech