18 Iyul 2023 Yil 1685

«Men kuchli ayolman» loyihasida navbatdagi kun

Resin Art yo‘nalishidagi ijod, avvalo, asablaringizni tinchlantirib, sizni ruhiy zo‘riqishdan xalos etadi. O‘z qo‘lingiz bilan ajoyib san'at asarlarini yaratish, o‘z xis-tuyg‘ularingizni unda aks ettirish - insonga katta zavq bag‘ishlaydi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilayotgan «Men kuchli ayolman» loyihasi doirasida ishtirok etayotgan, turli hayotiy qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan 25 nafar xotin-qizlar uchun tashkil etilgan mahorat darslari ularda katta taassurot qoldirdi.

Ayollarning ayrimlari bu yo‘nalishni puxta o‘rganib, o‘z tadbirkorliklarini ochishni niyat qildi. Tadbirkor tomonidan ana shunday ayollarga o‘qishni davom ettirish uchun sertifikatlar topshirildi.

Loyiha davomida ayollarni yanada qiziqarli mahorat darslari kutmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech