7 Avgust 2023 Yil 586

Toshkent shahar IIBB: “Men kuchli ayolman” loyihasi yakuni bo‘yicha bayram konserti tashkil etildi

Kuni kecha respublika IIV Madaniyat saroyida Toshkent IIBB tashabbusi bilan tashkil etilgan “Men kuchli ayolman!” loyihasining yakuniy konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati va mas'ul xodimlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar, loyiha ishtirokchilari qatnashdi. O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboeva, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Umida Abdullaeva, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'ul xodimi Shohida Shamutalova, Oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Lola Boynazarova mehmon sifatida taklif etildi.

Tabrik so‘zi bilan chiqqan mehmonlar ayol va qizlarni salbiy omillar ta'siridan asrash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullanishi, ko‘zlangan natijalarga erishishiga ko‘maklashish davlat ahamiyatiga molik vazifalar ekanini ta'kidladi. Shuningdek, yig‘ilganlarga poytaxt IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot berildi. Xususan, ayollarni ijtimoiy himoya qilish, og‘ir hayotiy vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash, muammolarni hal etish, shuningdek, o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Men kuchli ayolman!” loyihasi haqida gapirib berishdi.

Tadbir davomida loyiha ishtirokchilariga shahar “Ishga marhamat” monomarkazi, poytaxtimizdagi “Ayollar tadbirkorlik markazi” va boshqa o‘quv markazlarining ixtisoslashtirilgan kurslarida malaka oshirishlari uchun yo‘llanmalar tantanali ravishda topshirildi.

ishtirokchilarga Toshkent shahar IIBBning iqtidorli xodimlari va zamonaviy estrada san'atkorlari ishtirokida tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech