5 Iyul 2023 Yil 2495

“Men kuchli ayolman” loyihasi ishtirokchilari uchun psixologik trening tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar IIBB tashabbusi bilan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ayollarni ijtimoiy himoya qilish, hayotiy qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, shuningdek, o‘z ishini tashkil qilmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan “Men kuchli ayolman” yangi loyihasi ishga tushirilgan edi. Ularning bilimlarini boyitish, hayotga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida bir qator o‘quv seminarlari, mahorat darslari tashkil etildi.

Jumladan, loyiha doirasida xotin-qizlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshirish, istak va xohishlarini to‘g‘ri aniqlay olishlari yuzasidan psixologik trening tashkil etildi. Ushbu treningni Toshkent shahar IIBB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar ta'minoti xizmati inspektor-psixologlari hamda oila va bolalar psixologi Shoira Isakova olib borishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z oldilariga qo‘ygan rejalarini loyiha qatnashchilariga so‘zlab berishdi va orzu istaklarini amalga oshirish yo‘lida qanday kuch topa olishlari haqida psixologlar maslahatlariga quloq tutishdi. Shuningdek, ular plakatlarga ichki kechinmalaridan kelib chiqqan holda fikrlarini yozib chiqishdi. Ishtirokchilar psixologiya sohasiga oid ko‘plab savollarga malakali javob oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech