1 Avgust 2023 Yil 539

«Men kuchli ayolman» loyihasi ishtirokchilari uchun madaniy tadbirlar tashkil etildi

Loyiha doirasida ishtirokchilar uchun muzey va okeanariumga ekskursiyadan uyushtirildi. Ular O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, nodir arxiv materiallari, qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, o‘zbek xalqi tarixining eng muhim bosqichlarini aks ettiruvchi fotomateriallar bilan tanishdi. Haykaltaroshlik, rangtasvir, kulolchilik, bronza quyish, shisha ishlab chiqarish, dafn marosimining noyob namunalari, turli davrlardagi dunyoqarash, diniy-estetik g‘oyalar tarixiga baho berish imkoni yaratildi. Tashrif davomida ayollar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga aniq javob oldilar.
Bundan tashqari, ayollarga “Magic Akvarium”ga sayohati tashkil etildi. Loyiha ishtirokchilari suv osti dunyosi olamiga sho‘ng‘ib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech