24 Iyun 2023 Yil 1084

“Men kuchli ayolman” loyihasi doirasida ayollar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tashabbusi bilan “Men kuchli ayolman” loyihasiga start berildi. Ushbu loyihada ishtirok etish uchun poytaxtning 12 tumanidan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 25 nafar hayotiy qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollar taklif etildi. Loyiha xotin-qizlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Loyiha doirasida ishtirokchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, yig‘ilganlarga bir oy muddatda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni o‘zlashtirib olishlari haqida maʼlumot berib borilmoqda. Shu bilan birga, dasturda seminar-treninglar, mahorat saboqlari, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi mutaxassislarini jalb etgan holda ishtirokchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi. Kardiolog, terapevt, jarroh, oftalmolog, ginekolog kabi mutaxassislardan tashkil topgan shifokorlar jamoasi ayollar va qizlarni qabul qilib, sog‘lom turmush tarzini saqlash, sport bilan shug‘ullanish, chiniqtirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech