6 Iyul 2023 Yil 1960

Maxsus kurslar ishtirokchilari uchun toqqa sayohat uyushtirildi

Kuni kecha Toshkent shahar I IBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining navbatdagi o‘quv kurslari o‘quvchilari markaz mutaxassislari bilan birgalikda toqqa chiqishdi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi so‘lim go‘shalarning birida homiylar bilan hamkorlikda bolalar uchun tabiat qo‘ynida treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, pazandachilik tanlovlari tashkil etildi. Xususan, yoshlarga tog‘da yurish-turish qoidalari, tabiat suv havzalarida cho‘milish tartib qoidalari tushuntirilib, hamma ishning asosi tartib-intizom ekanligi eslatildi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari ham o‘rgatildi. Shuningdek, tabiat qo‘ynida tashkillashtirilgan sport o‘yinlari hammaga zavq va quvonch bag‘ishladi. Tog‘ yon bag‘rida o‘choqda osh palov va kaboblar tayyorlash bolalarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Qolaversa, tabiat qo‘ynida tashkillashtirilgan konsert dasturi hech kimni befarq qoldirmadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech