Masjiddan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Joriy yilning 21 fevral kuni taxminan soat 12.50 larda 1979 yilda tug‘ilgan Sh.M. Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida kiyim ilgichida turgan, 1998 yilda tug‘ilgan I.D.ga tegishli bo‘lgan kurtkasidan shaxsiy hujjatlari va 170.000 so‘m miqdoridagi pullari bo‘lgan hamyonini noqonuniy ravishda egallab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.