8 May 2023 Yil 2137

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida uchrashuv va tadbirlar bo‘lib o‘tdi

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeydagi eksponatlarni namoyish etgan holda, ularga ikkinchi jahon urushida qatnashgan o‘zbek askarlarining jasoratlari haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, litsey o‘quvchilari “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi va bog‘ning boshqa kompozitsiyalari bilan ham tanishdilar. Qahramonlarimizning jasoratlarini eslash va qadrlash har bir insonning burchidir.

“Maʼnaviyat oyligi" doirasida mazkur litsey ustoz va murabbiylari hamda o‘quvchilari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-sonli maktabga tashrif buyurishib, "Maktabga bir juft kitob" shiori ostida eng zukko va bilimli o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildilar.

Shu bilan birga litsey o‘quvchilarida ichki ishlar organlari xizmatiga qiziqishini yana-da oshirish hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida, Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Alisher Murodullayev tomonidan "Ochiq muloqot" tarzidagi "mahorat darsi" o‘tkazildi. "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz" shiorini o‘zida mujassam etgan ushbu "mahorat darsi" jarayonida, o‘quvchilarga ichki ishlar organlari haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech