31 Iyul 2023 Yil 1107

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir xalqlar do‘stligi kuniga bag‘ishlandi

Toshkent shahar IIBBda Xalqlar do‘stligi kuniga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida nishonlanadi. Bayram xalqlar, jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasida millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori Ikromov Shavkat ma'ruza qildi. So‘zga chiqqanlar respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari Vatan ravnaqi yo‘lida yashab, mehnat qilayotganini alohida ta'kidladilar. Bizni umumiy madaniyat, an'analar, urf-odatlar, tillar yaqinligi, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro hurmat bog‘lab turadi. Shu bilan birga, bugungi kunda poytaxt ichki ishlar organlarida 20 ga yaqin millat vakillari xizmat qilayotgani, shahrimiz tinchligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilayotgani ta'kidlandi.

So‘ngra bayram tadbiri turli madaniyat vakillarining konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir davomida iqtidorli xodimlar va taklif etilgan mehmonlar tomonidan dunyoning turli tillarida do‘stlik, hamjihatlik, millatlararo bag‘rikenglik haqidagi qo‘shiqlar ijro etildi. Barcha chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi va iliq xotiralar qoldirdi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech