Kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
Chilonzor tumani IIO FMBdan olingan xabarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel' kuni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qo‘yishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida, «Spark» rusumli avtomashinani boshqargan 34 yoshli Aziz M. to‘xtatilgan.
Holislar ishtirokida tekshiruv natijasida, avtomashina yukxonasida 200 dona «Tropikamid» va 1674 ta “Regapen” dori vositalari borligi aniqlanib, olib qo‘yilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (“Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.