19 Aprel 2023 Yil 2013

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani IIO FMBdan olingan maʼlumotga ko‘ra, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlari davomida IIBB xodimlari tomonidan “Nexia-3” rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Holislar ishtirokida tekshiruv natijasida, avtomashina salonida 26 yoshli Bobur E. va 22 yoshli Lochinbekka tegishli 218 dona “Pregabalin” tabletkalari hamda 14 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (“Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech