Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Kitob – tafakkur xazinasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakili professor Farhod Karimov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, kitob insoniyat va jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarda kishilarni tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasi bo‘lib kelayotganligini, barcha sohaga oid maʼlumotlarni to‘plash hamda saqlash usuli sifatida katta ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Tadbir davomida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.
So‘ngra 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir davomida iqtidorli xodimlar tomonidan dunyoning turli tillarida do‘stlik, hamjihatlik, millatlararo bag‘rikenglik haqidagi qo‘shiqlar ijro etildi. Barcha chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi va iliq xotiralar qoldirdi.