8 Yanvar 2024 Yil 3098

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti professori, falsafa fanlari doktori Muzaffar Artikov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, Turkiston taraqqiyparvarlari merosini o‘rganishning muhim jihati, ular bundan yuz yillar muqaddam yurt mustaqilligi va yosh avlodni maʼrifatli qilish masalasini olg‘a surganliklari, jumladan jadidlar o‘lkaning taraqqiyotga erishuvini bilimli yoshlar qo‘lida deb bilganliklari hamda ularni rivojlangan mamlakatlarga taʼlim olish uchun yuborish, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy ilm-fan va texnika bilimlarini egallash kabi masalalarni ko‘targanliklarini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

шкента просмотрел сюжет из информационной передачи «Тахлилнома».

Barcha yangiliklar

Text to speech