18 Fevral 2023 Yil 1339

Ish bilan ta'minlash masalalari — e'tibor markazida

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi probatsiya xizmati xodimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, probatsiya xizmati tashabbusi bilan Bandlik bosh boshqarmasi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi vakillari bilan birgalikda Olmazor tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Maqsad - nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan ta'minlash masalalarini hal qilish.
“Ish bor, kasb bor” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda turli mulkchilik shaklidagi o‘ndan ortiq tashkilot va korxona mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdi.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ro‘yxatdan o‘tgan 45 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, ulardan 9 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Yana to‘rt nafariga kasbiy tayyorgarlik kurslariga tayyorlash uchun yo‘llanmalar berildi.
Xuddi shunday tadbir Uchtepa tumanida ham tashkil etildi. Tadbirda tumanda ro‘yxatga olingan 15 nafar fuqaro, shuningdek, tumanda yashovchi vaqtincha ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Ishga muhtoj shaxsning yashash joyi, mutaxassisligi yoki malakasini hisobga olgan holda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Yarmarka davomida 5 nafar fuqaro ishga yo’llanmalar olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech