20 Iyun 2023 Yil 781

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Inson, tabiat va tabiiy ofatlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish” markazi boshlig‘i mayor Dilshod Murodov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, tabiiy ofatlarni oldindan bashorat qilib bo‘lmasligini, biroq ularning salbiy oqibatlarini oldini olish imkoniyati borligini taʼkidlab, shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan har yili rejali o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Navbatdagi maʼruza “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni Toshkent shahar Adliya boshqarmasining vakili Abror Berdiyev yoritib berdi. U o‘z maʼruzasida, bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida - davlat organlari xodimlarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish, qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kabi ishlarni muvofiqlashtirish zarurligini, bu masalada Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashi tomonidan barcha davlat organlari bilan hamkorlikda bir qator targ‘ibot tadbirlari, seminarlar o‘tkazib kelinayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech