25 Iyul 2023 Yil 976

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Inson qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish – jinoyat” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, isteʼfodagi polkovnik Alisher Sharafutdinov maʼruza qildi.

U o‘z nutqida, O‘zbekistonda shaxs erkinligi va daxlsizligi ustuvorligi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat siyosati darajasida eʼtirof etilayotganligini, inson shaʼni va qadr-qimmatini poymol qilishning eng og‘ir ko‘rinishlaridan biri – qiynoqqa solish holatlariga qarshi kurash muntazam ravishda olib borilayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibiga Fyodor Dostoyevskiyning “Telba” romani haqidagi videolavha namoyish etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech